JCH-2014 oldidan. Jerrard hammasini mundialdan keyin hal qiladi

Narzulla Saydullayev
25 may 2014, 19:06
Angliya terma jamoasi sardori Stiven Jerrard hozir bor e'tiborini yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatiga qaratgan.
Ma'lumki, inglizlar guruhda Italiya, Urugvay va Kosta-Rikaga qarshi bahs olib borishadi.

Kelasi hafta 34 yoshni qarshi oladigan yarim himoyachining aytishicha, bu uning faoliyatidagi oxirgi jahon chempionati bo'ladi: “Hozir bor e'tiborim terma jamoaning mundialdagi ishtirokiga qaratilgan. Jahon chempionatidan so'ng terma jamoadan ketamanmi? To'g'risi, bu haqda bir gap ayta olmayman. Oldin jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etaylik, keyin bu mavzuga alohida to'xtalamiz. Yaqinda 34ga to'laman, shunga qaramay o'zimni juda yaxshi his qilyapman”.

Stiven Jerrard yana oltita o'yinda maydonga tushsa, terma jamoada o'yin o'tkazish bo'yicha Devid Bekxemning rekordini yangilashini tez-tez eslatishmoqda. Bekxem o'z vaqtida Angliya safida 115ta o'yin o'tkazgan. Jerrard bu rekordni yangilash uchun qo'ldan kelgancha harakat qilishini ma'lum qildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia