JCH-2013 (U17). Braziliya yarim finalga chiqa olmadi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2013
BAAdagi o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ikkinchi yarim finalchi aniqlandi.
Braziliya va Meksika o'rtasidagi o'yinning asosiy vaqtida durang qayd etildi - 1:1. Asosiy vaqtda durang qayd etilsa reglamentga ko'ra penaltilar seriyasiga murojaat qilinishi barchaga ma'lum edi.

Uzoq vaqt davom etgan futbol lotoreyasida meksikaliklar omadliroq chiqishdi va yarim finalga yo'llanmaga ega bo'lishdi.

Braziliya U-17 – Meksika U-17  1:1 (penaltilar seriyasi 10:11)
1 noyabr, Al-Rashid
Gollar
: 0:1 – 80 Ochoa,  1:1 – 85 Natan.
Braziliya U-17 – Markos Felipe, Eduardo, Lukas Silva, Auro, Danilo, Tiago Mayya, Natan, Mateus Indio (Leo Pereyra, 59), Kennedi (Juanderson, 78), Moskito, Kayo Ranjel (Gabigol, 58).
Meksika U-17 – Gudino, Rodriges (Robles, 56), Teran, Ubias, Ernandes (Tovar, 61), Rivas, Agirre, Govea, Xaymes (Granados, 77), Ochoa, Dias.
Ogohlantirishlar: Leo Pereyra (79), Eduardo (79), Natan (86).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia