
O'yindagi hisob 2-daqiqada meksikalik Gonsales tomonidan ochildi. Bunga ispanlar faqat ikkinchi bo'lim oxirida javob berishdi. 74-daqiqada Derik muvozanatni tikladi. 90-daqiqada esa Xese gol urib ispanlarni chorak finalga olib chiqdi - 2:1.
Ispaniya U-20 – Meksika U-20 2:1 (0:1, 2:0)
2 iyul, Tyurk Telekom Arena
Ispaniya U-20 – Sotres, Kampanya, Israel (Suso, 52), Derik, Mankilo, O. Torres, Saul, Bernat, Deulofeu (D. Suares, 68), Xese, Pako Alkaser (D. Lorente, 90).
Meksika U-20 – Sanches, Fuentes (Morales, 90), Abelya, Ernandes, van Rankin, Korona, Esperikueta, Gonsales (Luna, 84), Lopes (Samorano, 61), Marin, Bueno.
Ogohlantirishlar: van Rankin (53), Saul (62).