Jardim: "Chorak finalda barcha "Monako" bilan tushishni istaydi"

Aziz Tukhtamuradov
18 mar 2015, 23:12
"Monako" bosh murabbiyi Leandru Jardim jamoasining chorak finalga yo'l olganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Chorak finalda barcha "Monako"ga qarshi o'ynashni istaydi. Men uchun bu Chempionlar Ligasidagi ilk chorak final. Bizning ushbu bosqichga yetib kelishimizni hech kim kutmagandi. Bu bizning mehnatlarimiz uchun munosib mukofot. O'yindan zavq oldim. Umid qilamanki, muxlislarimiz keyingi o'yinlarda ham bizni yolg'izlatib qo'ymaydilar", - deydi murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru