Janubiy Koreya - Iroq: fakt va raqamlar

25 yanv 2015, 08:45
Osiyo Kubogining yarim final doirasida Janubiy Koreya ertaga Iroqqa qarshi bahs olib boradi
Quyida ushbu to'qnashuv oldidan bazi fakt va raqamlarni keltirib o'tamiz.

- Janubiy Koreyaning 55 foiz zarbasi gol bilan tugamoqda, bu borada Iroqning ko'rsatkichi 54 foizga teng.

- Janubiy Koreya ketma-ket uchinchi bor yarim finalga chiqdi, lekin ular 1988 yildan beri hali finalga chiqa olishmayapti.

- Bu o'yin Iroq termasi uchun Osiyo chempionatida uchinchi yarim final uchrashuvi bo'ladi (1976, 2007, 2015).

- Osiyo Kubogida jamoalar o'zaro ikki marta to'qnash kelgan (1976, 2007) va har ikkala bahs ham 0:0 hisobida yakun topgan.

- J.Koreya bu yilgi musobaqada to'rtta o'yinda maydonga tushib, hali umuman gol o'tkazmadi.

- Iroqliklar bu musobaqada hozircha 12ta sariq kartochka olishdi, bu boshqalarga nisbatan uch marta ko'p deganidir.

- Janubiy koreyalik Ki Sung Yong chempionatda eng ko'p pas bergan futbolchi bo'lib turibdi: 261ta.

Manba: championat.asia