Janubiy Koreya. 24-tur. "Seongnam" g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2013, 21:47
Janubiy Koreya K-ligasida bugunu 24-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepayotgan "Seongnam Ilva Chunma" klubi o'z uyida "Ulsan Xorang-I" klubini qabul qilib 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. O'yinda Jeparov 72-daqiqaga qadar harakat qildi. "Seongnam" ushbu g'alabadan so'ng ochkolari sonini 34taga etkazib oldi. Jamoa ayni paytda 8-pog'onada bormoqda. Yana ikki turdan so'ng chempionatda dastlabki bosqich yakunlanadi. Kuchli ettilikka kirgan klublar chempionlik uchun kurashni davom ettirishsa, qolgan etti klub ligada qolish uchun kurashishadi. "Seongnam" 7-o'rindagi klubdan 3 ochkoga ortda qolmoqda. Oldinda turgan ikki o'yinda Jeparovga va uning jamoasiga omad tilaymiz. 

"Seongnam Ilva Chunma" - "Ulsan Xorang-I" 3:1
Gollar:
Seong Jun Kim 26, Dong Sub Kim 65, I.Vukovich 76 - Rafinya 41.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia