"Zenit"ning legionerlari klubdan ketish niyatida emas

Omonjon To`xtamirzayev
4 mar 2022, 18:39
Lotin amerikalik legionerlar hozircha "Zenit"ni tark etmoqchi emas.

Manbaaning xabariga ko'ra, lotin amerikaliklar siyosiy vaziyatdan, oxirgi vaqtlardagi voqealardan ta’sirlangan va xavotirda bo'lsada, Sankt-Peterburgdan ketish niyatida emas.

Takidlash lozim, "Zenit" tarkibida braziliyalik Duglas Santos, Malkom, Klaudino, Vendel, Yuri Alberto va kolumbiyalik Vilmar Barrios to'p tepadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Zenit"ning ukrainalik himoyachisi Yaroslav Rakickiy ota-onasining yonida bo'lish maqsadida klub bilan xayrlashgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia