Zenit va Krasnodar Shirokov transferini rasman tasdiqladi

Aziz Tukhtamuradov
27 fev 2014
Zenit yarim himoyachi Roman Shirokovning ijara asosida Krasnodarga o'tganini rasman tasdiqladi.

32 yoshli futbolchi Krasnodar sharafini joriy mavsum yakunigacha himoya qiladi, mavsum yakunlangach esa erkin agentga aylanadi.

Bundan tashqari kelishuvga ko'ra futbolchi 25-tur doirasida o'tkaziladigan Zenita - Krasnodar bahsida maydonga tushmaydi.

Shuningdek, Shirokov transferi borasida Krasnodar jamoasi ham rasmiy habar tarqatdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru