Zenit – Rubin – 2:1. Driussi “dubl”ga erishdi

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2017, 22:54
Rossiya chempionatining 2-turida “Zenit” irodali g'alabaga erishdi.

“Zenit”-“Rubin” bellashuvida dastlab qozonlik futbolchilar hisobni ochgan bo'lishlariga qaramay, yakunda maydon egalari irodali g'alabani qo'lga kiritishdi. Piterliklarning argentinalik 21 yoshli hujumchisi Driussi ikki bor Rijikov qo'riqlayotgan darvozaga to'p kiriti, jamoasiga muhim uch ochkoni keltirdi.

Rossiya chempionati, 2-tur.

Zenit – Rubin 2:1 (0:1, 2:0)

 Gollar: 0:1 – 45 Jemaletdinov, 1:1 – 51 Driussi, 2:1 – 90 Driussi.

Zenit – Lunev, Smolnikov, Ivanovich, Netu, Krishito, Kokorin, Kuzyaev, Paredes, Shatov (Poloz, 80), Driussi (Eroxin, 90), Dzyuba (Juliano, 65).

Rubin –Rijikov, Kuzmin, Granat, Kambolov, Kudryashov, Nabiullin, Ozdoev, Song, Mvila, Jemaletdinov (Karadeniz, 64), Kanunnikov (Azmun, 64).

Preduprejdeniya: Nabiullin (14), Karadeniz (73).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia