"Zenit" Propper uchun PSVga 14 mln. evro taklif qilgan

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2017, 18:14
"Zenit" yarim himoyachi Devi Propper borasida PSVga qilgan taklifi tasfilotlari oshkor bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Sankt-Peterburg klubining ilk taklifi 14 mln. evro bo'lgan.

Oldinroq PSV "Zenit"ning taklifiga rad javobini bergan edi, chunki jamoa bosh murabbiyi Fillip Koku bu transferga qarshi bo'lgan.

Koku yarim himoyachi qishda jamoani tark etmasligini kutyapti. "Propper joriy mavsumni PSVda yakunlaydi" - deydi mutaxassis.

Propper 2015 yil 4,5 mln. evro evaziga "Vitess"dan PSVga o'tgan. Yarim himoyachi joriy mavsumda Gollandiya chempionatining 19 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: De Telegraaf