"Zenit" Gedeshni qo'lga kiritmoqchi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2021, 21:16
Rossiyaning "Zenit" klubi "Valensiya" yarim himoyachisi Gonsalo Gedesh bilan shartnoma imzolamoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, rus klubi portugaliyalik futbolchiga yiliga 2,2 million evro maosh evaziga uch yillik shartnoma taklif qilgan.

O'tgan mavsumda Gedesh "Valensiya" tarkibida barcha turnirlarda 34 uchrashuvda ishtirok etib, 7 gol va 7 golli uzatma muallifi bo'lgan. Bugungi kunda futbolchining transfer qiymati 25 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/giaco_iaco