"Roma" Gedesh bilan shartnoma imzolamoqchi. Rimliklarning maqsadi - A Seriyada to'rtlikka kirish

Alisher
13 iyun 2022, 13:51
"Roma" "Valensiya" hujumchisi Gonsalo Gedesh bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Jallorossi" rahbariyati portugaliyalik forvard uchun yaxshigina pul sarflashga tayyor, sababi jamoa A Seriyada kelasi mavsum yakunlariga ko'ra to'rtlikka kirmoqchi.

Gedesh "Roma"ga o'tish variantini ko'rib chiqmoqda, ammo 2024 yilga qadar shartnomasi mo'ljallangan "Valensiya" bilan bitimni uzaytirishga rozi bo'lishi mumkin.

25 yoshli portugaliyalik o'tgan mavsum ispan klubi safida barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport