Zaza: "Morata bilan xayrlashish men uchun og'ir"

28 iyun 2016, 23:55
"Yuventus" hujumchisi Simone Zaza Alvaro Morataning "Real"ga ketayotganidan xafaligini ma'lum qildi.


- Bizning ishimiz shunaqa. Futbolchilar kelaveradi, ketaveradi. Hayotimda men uchun juda qadrli insonga aylanganlar soni ko'p emas. Alvaro Morata men uchun juda qadrli insonga aylanib qolgan kam sonli odamlardan biri. Jamoadagi bazi futbolchilar bilan shunchaki tanish bo'lasan. Bazan esa shundaylari bo'ladiki, ular bilan juda yaqin aloqalar o'rnatasan, yaqin do'st bo'lib qolasan. Men Morata bilan nafaqat jamoadosh, balki juda yaqin do'st bo'lgandim. Asosiy tarkibga kirish uchun bo'lgan raqobat bizni haqiqiy do'stga aylantirgandi. Endi Morata bilan xayrlashish menga qiyin kechmoqda. Alvaro, senga eng yaxshi tilaklarni tilayman. Omad senga!

O'xshash yangiliklar


Manba: Football-Italia