"Zalcburg" forvardi – "Real" nigohida

Sherzod Nurmatov
5 okt 2021, 21:16
Madridning "Real" klubi o'z tarkibini "Zalcburg" hujumchisi Benyamin Sheshko bilan to'ldirmoqchi.

Manbaning xabar berishicha, "qaymoqranglilar"dar tashqari 18 yoshli futbolchiga "Bavariya", "Manchester Siti" va "Liverpul" ham ko'z tikkan.

Sloveniyalik iqtidorning transfer narxi 8 million evroga baholangan.

Sheshko joriy mavsumda "Zalcburg" uchun 16 o'yinda 7 ta gol urgan hamda 3 ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get Spanish Football News