Zafar Akramov "Qo'qon-1912"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
14 dek 2023
"Qo'qon-1912" jamoasi kelasi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

"Jamoamiz bugun mahoratli va iqtidorli o'ng qanot himoyachisi Zafar Akramov bilan 2 yillik shartnoma imzoladi", – deyiladi xabarda.



24 yoshli himoyachi o'tgan mavsum "Mashal" safida barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати