"Yuventus"ning asosiy himoyachilaridan biri uchun mavsum yakunlandi

Mirjalol Normatov
13 yanv 2020, 19:36
"Yuventus" himoyachisi Merix Demiral jarohati sababli safdan chiqdi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, futbolchining tizzasida jiddiy shikastlanish aniqlangan. Yaqin vaqtlarda u tibbiy ko'rikdan o'tadi va operaciyani boshidan o'tkazadi. Tiklanish muddati esa 6 oyni tashkil qiladi.

Demiral 2019 yilning yozida "Yuventus"ga o'tgandi. Ushbu mavsumda 21 yoshli futbolchi Turin klubi tarkibida 7 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 1 bora assistent bo'ldi.

Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc