"Yuventus"ga "Kalyari" yarim himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
27 yanv 2022
"Kalyari" yarim himoyachisi Naitan Nandes "Yuventus" qiziqishlari doirasida.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha,  26 yoshli futbolchini "keksa sinora" jamoadan kyetishi kutilayotgan Rodrigo Bentankur yoki Arturning o'rniga olib kelinishi kutilmoqda.

"Kalyari" xavbekining transfer summasi 18 mln evroga baholanmoqda.

Ushbu mavsumda Nandes 18 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2024 yil yoziga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano