Moyze Kin "Yuventus"dan "Fiorentina"ga o'tdi

Omonjon To`xtamirzayev
9 iyul 2024
"Fiorentina" "Yuventus" hujumchisi Moyze Kin transferini e'lon qildi.

Turin klubi bergan xabarga ko'ra, tomonlar 13 mln evroga kelishuvga erishgan. Shuningdek, yana 5 mln evro bonus pullari ko'zda tutilgan.

O'tgan mavsum forvard "Yuve" safida A Seriya va Italiya Kubogida 20 ta o'yinda maydonga tushdi va golli harakatlar amalga oshirmadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: acffiorentina.com