

Turinning "Yuventus" klubi yarim himochisi Aaron Remzi jarohatga yo'liqdi. Bu haqida Sky Sport Italia nashri xabar qildi. Ma'lum bo'lishicha, uelslik futbolchining oyoq mushaklarida muammolar paydo bo'lgan. Remzi Italiya A seriyasi doirasidagi "Lacio"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishi aniqlashgan, ammo uning qachon safga qaytishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.




