"Yuventus" Xedira bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirmoqda

Alisher
5 yanv 2021, 18:23
Germaniyalik o'yinchi klub rejalariga kirmaydi.

Turinning "Yuventus" klubi jamoa xavbeki Sami Xedira bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirmoqda.

O'yinchi Andrea Pirloning rejalariga kirmaydi. Oldinroq, "keksa sinora" 34 yoshli yarim himoyachining "Vulverxempton"ga o'tishdan bosh tortgani uchun norozi bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, Xedira joriy mavsumda hali maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia