"Yuventus" Vlahovichdan so'ng yana bir "Fiorentina" o'yinchisini qo'lga kiritmoqchi

Оқил Абдубарноев
6 apr 2022, 19:31
"Fiorentina" a'zosi Nikola Milenkovich "Yuventus"ga o'tishi mumkin.

"Byankonerlar" himoyachini yozgi transfer oynasida qo'lga kiritmoqchi.

Futbolchining "Fiorentina" bilan shartnomasida tovon puli 15 million evroni tashkil etadi. Shartnoma kelasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Turin klubi vakillari allaqachon futbolchining agenti bilan ilk muzokaralarni o'tkazishgan.

A Seriyaning joriy mavsumida Milenkovich 26 o'yin o'tkazib, 1 gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira