"Milan" Milenkovich va Yovichni xarid qilmoqchi

Alisher
6 dek 2021
"Milan" "Fiorentina" himoyachisi Nikola Milenkovich va "Real" hujumchisi Luka Yovichni xarid qilishi mumkin.

Italiya klubi rahbariyati xaridlar orqali himoya va hujumdagi muammoni hal qilmoqda, bu poziciyalarda bir nechta muhim o'yinchilar jarohat olgan.

24 yoshli Milenkovich joriy mavsum "Fiorentina" tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushdi.

23 yoshli Yovich esa "Real" libosida 9ta o'yinda 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport