"Yuventus" va "Sassuolo" Lokatellining transferi bo'yicha ushbu haftada uchrashishadi

Alisher
28 iyun 2021, 13:13
"Yuventus" "Sassuolo" yarim himoyachisi Manuel Lokatellini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Oldinroq xabar berilganidek, futbolchining o'zi shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha "Yuventus" bilan kelishuvga erishgan, ammo Turin klubi "Sassuolo" talab qilayotgan 60 million evroni to'lashga tayyor emas.

23 yoshli italiyalik futbolchi o'tgan mavsum klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira