"Yuventus" va "Real" prezidentlari Turinda uchrashishgan

20 yanv 2021, 01:54
"Yuventus" prezidenti Andrea Anelli "Real"dagi hamkasbi Florentino Peresni qabul qildi, deb xabar tarqatdi "Goal.com".

Takidlanishicha, tomonlar transfer masalalarini muhokama qilishmagan - hozircha o'zaro kelishuvlar rejalashtirilmagan. Ularning Yevropa Superligasi loyihasi haqida suhbatlashishgani taxmin qilinmoqda. 

Ma'lumot uchun, Anelli bir paytning o'zida Yevropa klublari assotsiatsiyasini ham boshqaradi. Shu tufayli suhbatning asosiy mavzusi sport siyosati bo'lgan bo'lsa kerak.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com