"Yuventus" va "Milan" Iguain transferini muhokama qilishmoqda

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2018, 11:01
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, kecha, 21 iyul kuni turinliklar bosh direktori Juzeppe Marotta "Milan"ning bo'lajak rahbari Leonardo bilan transferni muhokama qilishdi. Kelishuv 60 mln. evro evaziga amalga oshishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, oldinroq, Iguain xizmatlariga "Chelsi" qiziqish bildirayotgan e'lon qilingan edi.

Gonsalo 2016 yilda "Napoli"dan "Yuventus"ga o'tgan edi. So'nggi mavum 30 yoshli argentinalik forvard A Seriyaning 30ta uchrashuvida maydonga tushib, 16ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia