“Yuventus” va “Barselona” o'zaro futbolchi almashishga kelishib oldi

Eldor Akmurzayev
17 may 2020, 21:35
Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, turinliklar himoyachi Mattia De Shilo va yarim himoyachi Miralem Pyanichni kataloniyaliklar a'zosi Nelson Semeduga almashmoqchi. 26 yoshli portugaliyalik “Yuve” bilan deyarli kelishib bo'lgan.

Semedu joriy mavsum klub libosida 29 o'yinda qatnashib, 3ta samarali uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport,es