"Yuventus"da Dibalaning o'rniga yana bir variant paydo bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
18 may 2022, 09:16
"Yuventus" "Atalanta" futbolchisi Luis Murielni xarid qilishi mumkin.

Turinliklar klubni erkin agent sifatida tark etadigan Paulo Dibalaning o'rniga aynan kolumbiyalik Murielni o'z tarkiblariga qo'shib olmoqchilar. 

31 yoshli futbolchining transfer narxi 22 millionni tashkil etadi. Ammo "Yuve" arzonroqqa qo'lga kirtishni istamoqda. Chunki, uning "Atalanta" bilan shartnomasi bir yildan so'ng yakunlanadi. 

Muriel ushbu mavsumda jamoasi bilan 39 ta o'yinda maydonga tushdi, 14 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: TyC Sports