"Yuventus" to'rt futbolchiga qiziqish bildirmoqda, ular orasida PSJ a'zosi ham bor

Alisher
2 noya 2024, 20:34
"Yuventus" Bremerning jarohatidan so'ng himoyani kuchaytirmoqchi.

Turinliklar PSJ himoyachisi Milan Shkrinyarni ko'zlashgan. Uni qishda yarim yilga ijaraga olishmoqchi, futbolchining maoshini parijliklar bilan birga to'lamoqchilar.

Ammo, Shkrinyar "Yuventus" ro'yxatidagi yagona variant emas. Klub bungacha "Yuve"da o'ynagan va hozirda "Tottenxem" a'zosi bo'lgan Radu Dragushinni ko'rib chiqishmoqda. Turinliklar shuningdek "Bayer"dan Jonatan Ta va "Udineze"dan Yaka Biyolga befarq emaslar.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ilbianconero.com