"Yuventus" Tonalini xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2025, 18:36
"Yuventus" "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonalining transferiga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, Italiya klubi Morten Xyulmand borasida "Sporting" bilan muzokaralarni yakunlaydi va bor e'tiborini 25 yoshli italiyalikni sotib olishga qaratadi.

Tonali 2024/25 yilgi mavsum 45 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Nyukasl" bilan bitimi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 60 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport