“Yuventus” sport direktori Ronalduning ketishi haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi

Eldor Akmurzayev
14 mar 2021, 22:50
Turinliklar rahbariyati vakili Fabio Paratichi jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri Krishtianu Ronalduning ehtimoliy ketishi haqidagi gap-so'zlarga musobat bildirdi.

“Bu men uchun kulgili. Hech qachon kimdir Ronalduning kelajagiga shubha qiladi deb o'ylamagandim. Men barlarda odamlar Platini, Rivera, Badjo va boshqa top-futbolchilar haqida suhbatlashadigan shaharchada ulg'ayganman, Ronaldu beshta “Oltin to'p”ni qo'lga kiritdi va men hatto unda nechta Chempionlar Ligasi tituli borligini ham bilmayman. Uning sovrinlari va “Yuventus” uchun urayotgan gollari juda ham ko'p. Uning jamoamizga kelishi ulkan sharaf va uni bu yerdaligidan mamnunmiz. Albatta, u kelajakda ham “Yuventus” sharafini himoya qilishda davom etadi”, deydi Paratichi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik yulduzning “Yuve” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozida tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia