"Yuventus" sobiq futbolchisi Turinga qaytishi mumkin

Alisher
7 iyun 2019, 15:17
Qatarning "Al-Duxayl" futbolchisi Mexdi Benatiya Italiya klubiga qaytishi mumkin.

32 yoshli marokashlik futbolchi turinliklar tarkibini 2019 yil yanvarda tark etgan edi. "Yuventus" rahbariyati jamoa mudofaasini kuchaytirish maqsadida markaziy himoyachi izlamoqda. Benatiya klubga qaytishga rozilik bildirgan.

Futbolchi yakunlangan mavsumda 19ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urishga erishgan.

transfermarkt.de himoyachini 9 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Stampa