"Yuventus" Sarri uchun "Chelsi"ga qancha to'lagani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
17 iyun 2019, 21:40
Kecha "Yuventus" rasmiy sayti Mauricio Sarri jamoa bosh murabbiyi bo'lganini rasman e'lon qildi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, "Yuventus" murabbiyning shartnomasini buzayotgani uchun "Chelsi"ga 5 million evro to'lashi kerak bo'lgan. Ammo turinliklar atigi 1 million evro to'lashgan.

Eslatib o'tamiz, Sarri "Yuventus" bilan 2022 yilgacha shartnoma imzoladi. Uning yillik maoshi 6 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia