"Yuventus" qishda ikki futbolchisini transferga qo'yadi

Sherzod Nurmatov
19 noya 2022, 16:32
Futbolchilar yaqin vaqt ichida Turin klubini tark etishi mumkin.

"Sky Sport Italia" xabariga ko'ra, "Yuventus" yanvar oyida ikki futbolchini transfer qiladi. Ushbu ro'yxatga himoyachi Daniele Rugani (rasmda) va yarim himoyachi Ueston Makkenni kiritilgan.

"Byankoneri" kelajakda yangi o'yinchilarni qo'lga kiritish uchun maosh to'lovlarini tushirishi kerak. Shu munosabat bilan turinliklar yuqorida tilga olingan ikki futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

Oldinroq "Yuventus" "Everton" forvardini sotib olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia