"Yuventus" "Portu"dan ijaraga olingan Konseysau bo'yicha qaror qabul qildi

Alisher
13 okt 2024, 16:22
"Yuventus" mavsum so'nggida vinger Fransishku Konseysauni saqlab qolmoqchi.

21 yoshli futbolchi "Portu"dan xarid qilish huquqisiz ijaraga olingandi. "Keksa sinora" rahbariyati portugaliyalikni to'laqonli transfer qilishga bel bog'lagan.

Bosh murabbiy Tyago Motta Konseysauning imkoniyatlaridan hayratda va sport direktori Kristiano Juntoli transfer borasida ishlamoqda. "Portu" o'yinchining sotuvidan 25 mln evro ishlab olmoqchi.

Konseysau "Yuventus" safida 4ta o'yinda 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato