"Yuventus" Pogbaning o'rnini bosa oladigan futbolchini topib qo'ydi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2023, 21:31
"Byankoneri" fransiyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilishi mumkin.

"Arsenal" yarim himoyachisi Tomas Parti "Yuventus" qiziqishlari doirasida, deya xabar berdi "La Reppublica". 

"Byankoneri" futbolchini Pol Pogbaning o'rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko'rmoqda.

Fransiyalik futbolchi doping testi ijobiy chiqqani uchun vaqtincha futboldan chetlashtirildi. Agar takroriy tahlil ham ijobiy chiqsa, futbolchi uzoq muddatga diskvalifikaciya qilinishi, turinliklar esa uning shartnomasini bekor qilishi mumkin.

"Yuventus" bu holatda Partini sotib olishga urinadi. "Kanonirlar" futbolchini sotmoqchi emas, ammo foydali taklif tushsa, fikrini o'zgartirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Reppublica