"Yuventus" Obameyangni mavsum so'ngiga qadar ijaraga olishni ko'rib chiqmoqda

Alisher
19 dek 2021, 12:34
"Yuventus" yanvarda "Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyang bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Turin klubi mavsum so'ngiga qadar 32 yoshli Gabon terma jamoasi o'yinchisining ijara variantini o'rganmoqda.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Arsenal" qoidalarni buzgani uchun Obameyangni Afrika Kubogidan qaytgunga qadar jamoadan chetlatgan edi.

Hujumchining "kanonirlar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport