"Yuventus" murabbiyligi uchun 3 nafar nomzod bor

19 apr 2021, 21:05
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, Turinning "Yuventus" klubi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berishi mumkin.

"Byankonerilar" rahbariyati joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsiz natijalari tufayli jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Andre Pirloni iste'foga chiqarishni rejalashtirmoqda.
Uning o'rniga 3 nafar mutaxassis da'vogarlik qilayotgani aytilmoqda: Massimiliano Allegri, Luchano Spaletti va Roberto Manchini.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport