"Yuventus" Morataga qiziqishda davom etmoqda

Sherzod Nurmatov
16 iyul 2022, 21:22
Turinliklar ispaniyalik hujumchining qaytishini xohlashmoqda.

"Sport.es" xabariga ko'ra, "keksa sinora" hozirda Madridning "Atletiko"sida o'ynayotgan Alvaro Moratani jamoaga qaytarish fikridan qaytmagan.

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Moratani o'z jamoasiga o'tishini istamoqda. 

Eslatib o'tamiz, Alvaro avvalroq "Yuventus"da ikki yil ijara asosida o'ynagan, ammo turinliklar uni 35 million evroga sotib olishni istashmagan.

Morata  2021/2022 yilgi mavsum "Yuventus" safida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 9 ta golga assistentlik qilgan. Hujumchining “Atletiko” bilan shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es