"Yuventus" - "Milan" uchrashuvi qoldirilmaydi, biroq muxlislarsiz o'tadi

Mirjalol Normatov
2 mar 2020, 19:59
Italiyada koronavirus tezkorlik bilan tarqalmoqda.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, Italiya Kubogi doirasida "Yuventus" - "Milan" uchrashuvi oldidan ikki klub vakillari o'zaro uchrashishdi va unda o'yinning o'tishini muhokama qilishdi.

Italiya matbuotining ma'lumot berishicha, bahs katta ehtimol bilan muxlislarsiz o'tadi. Ayni damda Turin, Lombardiya, Veneto va Emiliya-Romanya kabi shaharlarda katta tadbirlar o'tkazish taqiqlab qo'yilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport