"Yuventus" meksikalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi

21 iyun 2020, 02:04
Hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan Turinning "Yuventus" klubi "Vulverxempton" hujumchisi Raul Ximenesning xizmatlariga qiziqib qoldi.

Calciomercato nashri xabariga ko'ra, "keksa sinora" Mauro Ikardi (PSJ) va Arkadiush Milikni (Napoli) sotib olish imkoniyatini qo'ldan boy berganidan so'ng Ximenesga e'tibor qaratgan.

"Bo'rilar" futbolchi uchun 60 mln evro talab qilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli meksikalik forvardga "Manchester Yunayted" asosiy da'vogar bo'lib turgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato