"Yuventus" Lokatelli bilan hamkorlikni davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
9 noya 2023, 18:39
Turinliklar rasmiy sayti xabariga ko'ra, "Yuventus" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

25 yoshli italiyalikning yangi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. 

Lokatelli "Yuventus"da 2021 yildan beri o'ynab kelmoqda. U "Milan" tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Yarim himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 11 ta o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxini 30 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juventus.com