"Yuventus" Kulibalini xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda

Alisher
23 may 2022, 13:45
"Yuventus" "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalini xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Turin jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 30 yoshli o'yinchining katta muxlisidir va klub u bilan shartnoma imzolashini xohlaydi.

"Napoli" himoyachini saqlab qolmoqchi, ammo "Yuventus" yozda yaxshi taklif bermoqchi.

Kulibalining Neapol jamoasi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U 2021/22 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport