"Yuventus" Konteni yana qaytarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
22 mar 2024
Hozircha aniq ma'lumotlar yo'q.

"Yuventus" Antonio Konteni tayinlash variantini ko'rib chiqmoqda, deya xabar berdi jurnalist Rudi Galetti. Klub mutaxassis bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda, ammo hozircha aniq ma'lumotlar mavjud emas.

Hozirda Konte Turin klubi uchun ustuvor variant emas. "Byankoneri"da boshqa nomzodlar ham bor.

Konte bungacha ikki marta "Yuventus"da ishlagan. Uning qo'l ostida turinliklar Italiya chempioniga aylanishgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Repubblica