"Yuventus" ijaradagi futbolchisini pullamoqchi

Sherzod Nurmatov
25 mar 2024, 19:11
Turinning "Yuventus" klubi vinger Matias Souleni sotish haqida o'ylamoqda.

Bu haqda "Tuttosport" yozmoqda.

"Byankoneri" yosh futbolchini 50 million evroga sotib, bu pulni "Atalanta" yarim himoyachisi Ten Kopmeynersning transferiga sarflamoqchi. Avvalroq u bergamoliklar safini tark etish istagini bildirgandi.

Soule hozirda ijara asosida "Frozinone"da o'ynamoqda, shundan so'ng u Turin klubida muntazam o'ringa ega bo'lmoqchi. 20 yoshli argentinalik joriy mavsum A Seriyada 27 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport