"Yuventus" hamon Xyoybergga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
17 okt 2023, 15:55
"Tottenxem" yarim himoyachisi Per-Emil Xyoyberg faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli daniyalikka "Yuventus" da'vogarlik qilmoqda. Turinliklar futbolchini kuzatishda davom etmoqda va qishda uni sotib olish niyatida.

Xyoyberg joriy mavsum 8 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakati bilan ajralib turmadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport