“Yuventus” erta iste'fo uchun Sarriga 20 mln evro to'lashi mumkin

Eldor Akmurzayev
8 avg 2020, 20:05
Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

YCHLdagi omadsizlikdan keyin turinliklar jamoa bosh murabbiyi Mauricio Sarri bilan o'rtadagi kelishuvni bekor qildi.

Manbaga ko'ra, agar shartnoma ikkala tomonning roziligisiz bekor qilingan bo'lsa, u holda Turin klubi 61 yoshli mutaxassisga 20,3 mln evro to'lashga majbur bo'ladi.

Sarri “Yuve” bilan 2022 yilning yozigacha bitim tuzgandi va uning maoshi yiliga 5,5 mln evro edi. Qayd etish joizki, Sarri bilan birga uning murabbiylar shtabi ham iste'foga chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia