"Yuventus" bugun ketma-ket 9-bor A Seriya chempioniga aylanishi mumkin

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2020, 13:00
Bugun Italiya A Seriyasi 36-turi doirasida "Yuventus" - "Sampdoriya" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mauricio Sarri jamoasi "Inter"dan 4 ochko ilgarilab ketgan holda jadvalda yetakchilik qilmoqda. Bundan tashqari turinliklar milanliklarga nisbatan bitta kam o'yin o'tkazishgan.

Agar bugun "Yuventus" "Sampdoriya"ni mag'lubiyatga uchratsa, "keksa sinora" ketma-ket 9-bor A Seriya g'olibiga aylanadi.

"Yuventus" - "Sampdoriya" o'yini saytimiz tomonidan matnli translyatsiya qilinadi, shunday ekan bizni kuzatishda davom eting.


 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia