Yuventus Berardi uchun 25 million evro bermoqchi

Narzulla Saydullayev
29 mar 2016
Sassuolo hujumchisi Domeniko Berardi yozda Yuventusga ko'chib o'tishi mumkin.

O'tgan yil Sassuolo hujumchiga egalik qilish huquqining yarmini 10 million evroga Turin klubidan sotib olgandi. Yuventus va Sassuolo o'rtasidagi shartnomaga ko'ra byankonerilar Berardini 25 million evroga sotib olish huquqiga egalar.

Yuventus kelayotgan yozda ushbu imkoniyatdan foydalanmoqchi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia