"Yuventus" asosiy futbolchisi jiddiy jarohat oldi

Tolibjon Qosimov
24 apr 2018, 10:43
Italiya A Seriyasida "Napoli" bilan birga chempionlik uchun keskin kurash olib borayotgan "Yuventus" tarkibida jiddiy yo'qotish bor.

Turinliklar himoyachisi Jorjio Kellini aynan "Napoli"ga qarshi o'yinda olgan jarohatidan keyin tibbiy ko'rikdan o'tdi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, 33 yoshli italiyalikda o'ng son va tizza mushaklari uzilib ketgan.



O'yinchining tiklanishiga qancha vaqt kerakligi haqida ma'lumot berilmagan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: juventus.com