

"Yuventus" "Atletiko" yarim himoyachisi Tomas Parti bilan shartnoma imzolamoqchi.
Turin klubi "matraschilar"ga almashinuv bo'yicha taklif bilan chiqdi. Partining o'rniga Madridga Federiko Bernardeski yoki Duglas Kosta yo'l olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Gana terma jamoasi futbolchisi uchun asosiy da'vogar Londonning "Arsenal" klubi bo'lib turibdi.



